Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining bo'lajak Jahon chempionatidagi raqiblari dekabr oyida Las-Vegasda aniqlanadi
Iyul 31, 2025. 12:43 • 42 soniya
• 102
TOSHKENT, 31-iyul. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 5-dekabr kuni Las-Vegasda (AQSh) futbol bo'yicha 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri Amerikaning "ESPN" telekanali ma'lumotiga tayanib.

Ma'lum qilinishicha, Kanada va Meksikaning arizalari rad etilganidan keyin turnir rahbariyati Las-Vegasni tanlagan.
Qur'a tashlash marosimi o'tkaziladigan joy 54 ming kvadrat metrlik ulkan ekran bilan jihozlangan va salkam 17,5 ming tomoshabinni o'zida sig'dira oladigan "Sfera" ko'ngilochar majmuasi bo'lishi kutilyapti.
Eslatib o'tamiz, futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadi. Mundial 2026-yilning 15-iyunidan 13-iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi. Bo'lajak turnir 48 ta terma jamoa ishtirokidagi ilk jahon chempionati sifatida tarixga kiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi