Logo

Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada o'tayotgan "Jahon kubogi jamoaviy chempionatlar seriyasi"da oltin medalni qo'lga kiritdi

Iyul 09, 2025. 18:42 • 36 soniya

46
Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada o'tayotgan "Jahon kubogi jamoaviy chempionatlar seriyasi"da oltin medalni qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 9-iyul. /"Dunyo" AA/. Koreya Respublikasining Chuncheon shahri mezbonlik qilayotgan "Jahon kubogi jamoaviy chempionatlari seriyasi" musobaqasi doirasida aralash juftlik yo'nalishidagi bellashuvlar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda O'zbekiston terma jamoasi oltin medalga ega chiqdi.

Jamoamiz dastlabki bosqichda Qozog'iston termasini 2:1, yarim final bosqichida mezbon Koreya Respublikasini 2:0 hisobida mag'lub etdi. Hal qiluvchi jangda esa yurtdoshlarimiz Marokash terma jamoasini 2:0 hisobida dog'da qoldirib, musobaqa g'olibiga aylandi.

Bahslarda yurtimiz sharafini Islombek Rajabov, Shuhrat Salayev, Madina Mirabzalov va Diyora Azizova himoya qildi.

Endi jamoamiz "World Taekwondo Diamond Games" turnirida ishtirok etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish