Logo

Toshkentda o'zbek milliy kurashi rivojining dolzarb muammolariga bag'ishlangan xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda

May 07, 2025. 14:58 • 43 soniya

47
Toshkentda o'zbek milliy kurashi rivojining dolzarb muammolariga bag'ishlangan xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda

TOSHKENT, 7-may. /"Dunyo" AA/. Bugun poytaxtimizda milliy kurashimizning xalqaro maydondagi o'rnini yana-da mustahkamlash mavzusiga qaratilgan "Kurash sportini rivojlantirishning dolzarb muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, anjuman kurashning global rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish, uni ommalashtirish, Osiyo o'yinlaridagi o'rnini mustahkamlash va ushbu sport turidagi ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish kabi ustuvor vazifalarni qamrab olgan.

Konferensiyada Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, O'zbekiston Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, mamlakat kurash federatsiyasi rahbariyati, shuningdek, Xalqaro kurash instituti va O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti olimlari va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Tadbirda kurashni Olimpiya sport turlari qatoriga kiritish yo'lidagi qadamlar, yoshlar o'rtasida ushbu sportni keng targ'ib etish, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda mashg'ulot jarayonlarini takomillashtirish kabi qator dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish