O'zbekiston dzyudochilari Olmaotada o'tgan Osiyo chempionatida birinchi o'rinni egalladi
Iyul 06, 2025. 13:32 • 31 soniya
• 71
OLMAOTA, 6-iyul. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning Olmaota shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogi o'z yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, 9 ta mamlakat vakillari ishtirok etgan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Yosh dzyudochilarimiz turnirda 8 ta oltin, 10 ta kumush va 11 ta bronza, jami 29 ta medalni qo'lga kiritishdi.
Turnirda 5 ta oltin, 4 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo'lga kiritgan Qozog'iston terma jamoasi ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, mo'g'ulistonlik dzyudochilar 2 ta oltin medal bilan uchinchi o'rinni band etishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi