Logo

O'zbekistonlik badiiy gimnastikachi bolalar Dubaydagi xalqaro turnirda sovrindorlar qatoridan joy oldi

Aprel 29, 2025. 16:28 • 39 soniya

62
O'zbekistonlik badiiy gimnastikachi bolalar Dubaydagi xalqaro turnirda sovrindorlar qatoridan joy oldi

DUBAY, 29-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yosh badiiy gimnastikachilari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo'lib o'tgan "Pirouette Challenge Cup 2025" xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Musobaqada dunyoning 16 davlatidan 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'zaro kuch sinashdi. Xususan, unda Toshkent shahridagi 2-sonli sport maktabining olti nafar tarbiyalanuvchisi yuqori darajadagi tayyorgarlik va yuksak mahoratni namoyish etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Bellashuv yakunlariga ko'ra, hamyurtlarimiz ikkita oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Ular orasida sakkiz yoshli Mira Elxoli va o'n yoshli Yasmina Mahmudova turnirning oltin medallariga sazovor bo'ldi.

E'tiborlisi, iqtidorli badiiy gimnastikachimiz Mira Elxoli nafaqat turnirning oltin medalni, balki musobaqa Gran-prisini ham qo'lga kiritdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish