Logo

O'zbekiston texnologik metallar kombinati molibden, volfram konsentrati hamda qattiq qotishmalar ishlab chiqarishni kengaytirmoqda

Avgust 15, 2025. 11:16 • 38 soniya

86
O'zbekiston texnologik metallar kombinati molibden, volfram konsentrati hamda qattiq qotishmalar ishlab chiqarishni kengaytirmoqda

TOSHKENT, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. 2025-yil iyul oyida O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi 66,3 milliard so'mni, yoki 5,3 million AQSh dollaridan ortiqni tashkil qiladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TMK rasmiy telegram-kanali ma'lumotiga ko'ra, mazkur ko'rsatkich belgilangan rejaning 100,5 foiziga tengdir.

O'sish sur'ati 2024 yil iyuliga nisbatan 146 foiz o'sishni ko'rsatdi.

Mahsulotlar bo'yicha natijalar:

-Molibden: 78,5 tonna – 124,8 foiz o'sish;

-Volfram konsentrati: 29,4 tonna – 196 foiz o'sish;

-Qattiq qotishmalar: 3,4 tonna – 220,1 foiz o'sish;

-O'tga chidamli keramika mahsulotlari: 155,7 tonna – 126,4 foiz o'sish.

Bu raqamlar zamonaviy texnologiyalar va albatta kuchli jamoaning fidokorona mehnati natijasidir.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish