28-30-oktabr kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi bo'lib o'tadi
Oktabr 20, 2025. 17:53 • 2 daq
• 130
TOSHKENT, 20-oktabr. /"Dunyo" AA/. 28-30-oktabr kunlari Toshkent shahridagi "O'zekspomarkaz" MKKda O'zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi (UIMF – 2025) bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

Bu "Tog'-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan – 2025" 19-Xalqaro ko'rgazmasi dasturini to'ldiruvchi soha uchun muhim biznes voqea bo'ladi.
Tadbir tashkilotchilari - Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkorlari – ICA Eurasia Group va Congresses of Central Asia - CCA.
Bugungi kunda kon-metallurgiya sohasi O'zbekiston iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi va shu bilan birga, global o'zgarishlar: past uglerodli rivojlanishga o'tish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, muhim metallarning ahamiyati ortib borayotgani, ishlab chiqarishni raqamlashtirish va avtomatlashtirish markazida turibdi. Bu masalalarning barchasi UIMF-2025 kun tartibini shakllantiradi.
Bugungi kunga qadar 18 mamlakatdan 150 dan ortiq kompaniya va brendlar, 55 ta spiker va 500 dan ortiq delegatlar tadbirlarda ishtirok etishlarini tasdiqladilar. Forum dasturi 11 ta dolzarb sessiyani o'z ichiga oladi.
Forumning mavzusi "Kelajakning tog'-kon sanoati: resurslar va strategiyalar"dir. Asosiy mavzular sarmoya, "yashil" texnologiyalar, raqamlashtirish, muhim metallar, resurslar samaradorligi, ilg'or metallurgiya yechimlari va kelajak sanoati uchun kadrlar tayyorlashni o'z ichiga oladi. Forum yangi muammolar va imkoniyatlarni muhokama qilish, barqaror rivojlanish bo'yicha yechimlarni aniqlash, O'zbekistonning global kon-metallurgiya majmuasi sahnasidagi o'rnini mustahkamlash uchun platforma bo'lib xizmat qiladi.
Forumda hukumat vakillari, sohani tartibga soluvchi organlar, yirik ishlab chiqaruvchilar, investorlar, moliya institutlari va xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.
Munozaralar turli formatlarda bo'lib o'tadi: yalpi majlis, ekspert sessiyalari, amaliy seminarlar va interaktiv bahslar.
Forum an'anaga ko'ra, O'zbekiston Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O'zbekiston metallurgiya uyushmasi rasmiy ko'magida o'tkaziladi va global transformatsiyalar sharoitida kon-metallurgiya sohasini uzoq muddatli rivojlantirish bo'yicha yangi hamkorlik va strategiyalarni shakllantirishda muhim qadam bo'ladi.
"UIMF – 2025" ishtirokchilari https://uimf.uz/uz/request-form havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Toshkentda "TransLogistica Uzbekistan – 2025" 21-xalqaro ko'rgazmasi ish boshladi