Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Stavropol o'lkasi rahbariyati bilan mamlakatimiz fuqarolarining huquqlarini himoya qilish borasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Avgust 22, 2025. 15:53 • 56 soniya

86
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Stavropol o'lkasi rahbariyati bilan mamlakatimiz fuqarolarining huquqlarini himoya qilish borasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

STAVROPOL, 22-avgust. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugiga amaliy tashrif bilan borgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiya 21-avgust kuni Stavropol o'lkasi hukumati raisi o'rinbosari Nikolay Afanasov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda hamkorlikning dolzarb yo'nalishlari, jumladan, mintaqada O'zbekiston fuqarolarini ijtimoiy himoya qilish, ularning malakasini e'tirof etish va kasbiy ta'limni rivojlantirish, noqonuniy migratsiyani kamaytirish, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar iqtisodiyot, investitsiya, logistika, ta'lim va madaniyat sohalarida hamkorlik istiqbollarini ko'rib chiqdilar, hududlararo aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, qo'shma ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surishdan manfaatdorlik bildirdilar.

Muzokaralar yakunida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va qonuniy bandlikni kengaytirish bo'yicha ishchi guruh tuzish bo'yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qo'shma "yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish bo'yicha muntazam muloqotni davom ettirish to'g'risida qaror qabul qilindi.

Ish safari doirasida Shimoliy Kavkaz federal universitetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar, shuningdek, "YugInvestStroy" kompaniyasi va "Yantar" savdo markazida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish