O'zbekiston va Serbiya migratsiya sohasidagi sheriklikni yo'lga qo'yish istiqbollarini muhokama qilmoqda
Iyul 16, 2025. 16:28 • 30 soniya
• 77
BELGRAD, 16-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Serbiya Mehnat, bandlik, faxriylar ishlari va ijtimoiy siyosat vazirligining xalqaro hamkorlik bo'yicha davlat kotibi Daniyel Igres bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo
" AA muxbiri.
Suhbat chog'ida mehnat migratsiyasi va bandlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish hamda O'zbekiston fuqarolarining Serbiyada bandligini tartibga solishga qaratilgan qo'shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar sheriklikni mustahkamlashdan o'zaro manfaatdorliklarini va belgilangan yo'nalishlarda kelgusida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi