Logo

O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasi qurilish obyektlarida ishlayotgan vatandoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Fevral 19, 2026. 16:02 • 2 daq

186
O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasi qurilish obyektlarida ishlayotgan vatandoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

VLADIVOSTOK, 2-mart. /“Dunyo” AA/. Primorsk o‘lkasida faoliyat yurituvchi “DV Aziya” qurilish korxonasida mehnat qilayotgan ellik nafardan ortiq vatandoshlar hamda korxona rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Suhbat jarayonida hamyurtlarning mehnat faoliyati, yashash sharoiti, turar joy va umumiy ovqatlanish binolari, ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lab berilishi kabi masalalar o‘rganildi.

Ularga Bosh konsulxona tomonidan olib borilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati, Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan vaziyatlarga aralashmaslik, diniy ekstremistik g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmaslik kerakligi atroflicha tushuntirildi.

Shu bilan birga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga jalb qilinish holatlari ortib borayotgani tushuntirilib, ushbu harakatlar jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qilinishi taʼkidlandi.

Hamyurtlarimizga mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni huquqiy, moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz mehnat migratsiyasini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish