"Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasi doirasida Turkiyadagi 18 nafar yurtdoshimiz O'zbekistonga olib kelindi
Avgust 07, 2025. 12:41 • 55 soniya
• 146
ANQARA, 7-avgust. /"Dunyo" AA/. Yurtimiz diplomatlari Turkiyaning Mersin viloyatidagi vatandoshlar holidan xabar oldilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordamlar ko'rsatish va yurtimizda chet elda mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimizni qo'llab quvvatlash maqsadida e'lon qilingan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi doirasida tashkil etildi.
Tashrif doirasida Mersin viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 18 nafar yurtdoshlarimizga "Vatanga qaytarish" xayriya insonparvarlik aksiyasi doirasida Migratsiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan aviachipta xarid qilib berildi. Ular "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi tomonidan tashkil etilgan charter reys bilan Antaliya-Toshkent yo'nalishi bo'yicha Vatanga qaytarildi.
Bundan tashqari, tashrif davomida O'zbekiston fuqarolarini uyushgan holda joylashtirish maqsadida Mersin viloyatidagi "Asya Fel Group" kompaniyasi mas'ullari bilan muzokara o'tkazildi.
Muzokaralar davomida kompaniya direktori Eren O'zturk Turkiyaning Nig'de viloyatida yangi qurilayotgan ishlab chiqarish fabrikasiga ishchi kuchiga ehtiyoj borligini bildirdi va ushbu bo'sh o'rinlarga O'zbekiston fuqarolarini jalb qilishga tayyorligini ta'kidladi.
"Asya Fel Group" kompaniyasi 2010 issiqxona materiallari ishlab chiqarish maqsadida tashkil qilingan. Shuningdek, mazkur korxona Navoiy viloyatida 147 gektar maydonda issiqxona barpo qilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi