Rossiyaning Oltoy Respublikasidagi O'zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlari himoyasini ta'minlash masalalari muhokama qilindi
May 14, 2025. 14:31 • 52 soniya
• 131
TOG'LI OLTOY, 15-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Oltoy Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari boshqarmasi boshlig'i Maksim Polskix bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv Oltoy Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy asosda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlari himoya qilish maqsadida tashkil etildi.
Diplomat O'zbekiston fuqarolari o'z vaqtida amaliy yordam olishlari, jumladan, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda Bosh konsulxona bilan doimiy aloqada bo'lishlarining muhimligini ta'kidladi.
Maksim Polskix, o'z navbatida, O'zbekiston fuqarolari mehnatsevarligi, halolligi, milliy an'analar va madaniy qadriyatlarni hurmat qilishi bilan ajralib turishini bildirdi.
Tomonlar O'zbekiston Bosh konsulxonasi va mazkur boshqarma o'rtasidagi yaqin va samarali hamkorlik vatandoshlarimiz o'rtasida Rossiya qonunchiligini yanada chuqurroq tushunish, huquqbuzarliklarning oldini olish, mintaqadagi yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlari buzilishi mumkin bo'lgan holatlarning oldini olishga xizmat qilishi haqida yakdil fikr bildirdilar.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston bosh konsulxonasi va Oltoy Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari boshqarmasi vakillari o'rtasidagi muntazam muloqotni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi