Londonda 3 mingga yaqin saralangan o'zbekistonlik nomzodlarni Buyuk Britaniyada ish bilan ta'minlash bo'yicha kelishuvga erishildi
Yanvar 10, 2025. 09:44 • 34 soniya
• 5802
LONDON, 10-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tomonidan yangi mavsumda Britaniya qishloq xo'jaligi sohasiga o'zbekistonlik mehnat migrantlarini jalb qilish maqsadida "Pro-Force Limited" va "HOPS Labour Solutions Ltd" rekruting agentliklari vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar natijasida joriy yil fevral oyida "Pro-Force Limited" agentligining Toshkentga tashrifini tashkil etish va 3 mingga yaqin saralangan nomzodlarni boshlab bosqichma-bosqich tarzda Buyuk Britaniyada ish bilan ta'minlash bo'yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, "HOPS Labour Solutions Ltd" kompaniyasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda 14-15-yanvar kunlari o'zbekistonlik mehnat migrantlarini uchun onlayn tarzda test sinovlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi