Logo

Polsha kompaniyasi O'zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda

Mart 27, 2025. 07:27 • 58 soniya

272
Polsha kompaniyasi O'zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda

VARSHAVA, 27-mart. "Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Polshaning "Mobilis" kompaniyasi boshqaruv raisi Lukash Tshaska bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston fuqarolarini xorijda ish bilan ta'minlash va yangi mehnat bozorlarini ochish masalalari ko'rib childi.

Polsha vakiliga O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining faoliyati haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, mamlakatimizning qonuniy mehnat migratsiyasi yo'nalishida Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan yo'lga qo'ygan xalqaro tajribasi, yurtimizdagi kasbga tayyorlash bo'yicha monomarkazlar faoliyati xususida aytib o'tildi.

Lukash Tshaska O'zbekistonning qonuniy migratsiya yo'nalishidagi islohotlarini yuqori baholadi. Uning aytishicha, Polsha bozorida haydovchilarga bo'lgan talab oshib bormoqda. Shu sababli kompaniya mazkur bo'sh o'rinlarga O'zbekiston fuqarolarini jalb qilishga qiziqayotganini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Polsha Jamoat transportlari savdo-sanoat palatasi a'zolaridan iborat missiyaning O'zbekistonga safarini amalga oshirish, tajriba loyihasi sifatida O'zbekistondan 300 kishini avtobus haydovchisi lavozimiga jalb qilish, "Mobilis" kompaniyasining yurtimizda ofisini ochish va boshqalar xususida kelishib olindi.

"Mobilis" Polshadagi eng yirik jamoat transporti operatorlaridan biri sanaladi. Kompaniya Polshaning Bidgoщ, Krakov va Varshava shaharlarining jamoat transporti tizimi doirasida yo'lovchi tashish xizmatlarini ko'rsatadi. Davlat shartnomalari asosida har kuni 200 mingdan ortiq yo'lovchiga xizmat ko'rsatilmoqda. Korxonada 1000 dan ortiq avtobus haydovchilari ishlaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish