O‘zbekiston va Ozarbayjon konsullik yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada kengaytirdi

Oktabr 30, 2026. 18:30 • 2 daq

• 188
O‘zbekiston va Ozarbayjon konsullik yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada kengaytirdi

BOKU, 30-oktabr. /“Dunyo” AA/. Boku shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlarining to‘rtinchi raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda tomonlar fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Muzokaralar chog‘ida konsullik xizmatlari hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kun tartibidan migratsiya, yustitsiya, statistik ma’lumotlar almashish va shartnoma-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari ham o‘rin oldi. Tomonlar tegishli idoralar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.

Konsullik xizmatlari rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasini yuqori baholab, do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish zarurligini qayd etdilar.

Tashrif doirasida O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Ozarbayjonda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan ham uchrashdi. Konsullik xizmati vakillari fuqarolik, migratsiya, bandlik va ta’lim sohalariga oid dolzarb savollarga batafsil javob berdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish