Logo

Niderlandiyaning Utrext shahridagi yurtdoshlarimiz uchun navbatdagi sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

Iyun 14, 2025. 07:20 • 55 soniya

66
Niderlandiyaning Utrext shahridagi yurtdoshlarimiz uchun navbatdagi sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

UTREXT, 14-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tomonidan Niderlandiyaning Utrext shahrida doimiy va vaqtincha yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun navbatdagi sayyor konsullik qabuli tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirning asosiy maqsadi Utrext shahrida istiqomat qilayotgan O'zbekiston fuqarolarining muammolarini o'rganish, ularga huquqiy va ijtimoiy yordam ko'rsatish, shuningdek, mavjud murojaatlarni joyida hal etishdan iborat bo'ldi.

Unga 30 nafar O'zbekiston fuqarosi keldi. Qabul davomida yurtdoshlarimizga bir qator dolzarb masalalarda amaliy yordam ko'rsatildi. Jumladan, hamyurtlarimizning vaqtincha va doimiy konsullik hisobiga qo'yish, hujjatlarni so'rab olish, notarial harakatlarni amalga oshirish va boshqa konsullik-huquqiy masalalar bo'yicha murojaatlari joyida ko'rib chiqildi va hal etildi.

Qabulga kelganlarning mehnat migratsiyasi jarayonlarida uchrayotgan muammolar, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan migratsiya siyosati, ish joylarida ish haqi miqdorini oshirish bo'yicha va mehnat faoliyati jarayonida fuqarolarning sug'urtalanishiga oid savollariga batafsil javob qaytarildi.

Tadbir yakunida, bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda o'tkazish hamda diplomatik vakolatxona tashabbusi bilan milliy bayramlar munosabati bilan tashkil etiladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlarni Niderlandiya hududida birgalikda tashkil etish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

O'zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, joriy iyun oyi oxiriga qadar Niderlandiyaning boshqa shaharlarida ham sayyor konsullik qabullari tashkil etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish