Rossiya kompaniyasi O'zbekistondan malakali mutaxassislarni jalb etishdan manfaatdor
Noyabr 22, 2024. 15:57 • 43 soniya
• 194
NOVOSIBIRSK, 22-noyabr. "Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Novosibirsk shahridagi "Texnopan" mas'uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Yevgeniy Vaulin bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Kompaniyaning Novosibirsk shahrida joylashgan ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishish chog'ida Rossiya tomoni bilan hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, bugungi kunda korxonada ishlayotgan o'zbekistonlik mutaxassislar sonini ko'paytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ta'kidlash joizki, Sibirdagi yuqori sifatli sendvich-panellar ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri sanalgan ushbu kompaniya korxonalarida O'zbekistondan 21 nafar mutaxassis – ishchilardan tortib ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimi operatorigacha ishlayapti.
Shu bilan birga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini yana-da oshirish maqsadida O'zbekistondan yana-da ko'proq mutaxassislarni jalb etishdan korxona manfaatdor.
Mazkur korxonada ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan kechgan suhbat chog'ida ularning mehnat va yashash sharoitlari to'g'risida fikrlari tinglandi.
Mehnat migrantlari bo'lgan yurtdoshlarimiz ish haqini o'z vaqtida olayotganini, ish beruvchi tomonidan barcha sharoitlar yaratilganini ma'lum qilishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi