Logo

Rossiyaning Leningrad viloyatida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar o'rganildi

Iyul 29, 2025. 09:26 • 44 soniya

56
Rossiyaning Leningrad viloyatida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar o'rganildi

KINGISEPP, 29-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Leningrad viloyati, Kingisepp tumanidagi "Rencons Heavy Industries" kompaniyasida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Leningrad viloyatidagi eng yirik korxonalardan biri bo'lgan ushbu tashkilotda 6000 nafarga yaqin yurtdoshimizning vaqtincha bandligi ta'minlangan.

Muloqot chog'ida O'zbekistonda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini tashkil etish, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar va ularning oila a'zolarini qo'llab-quvvatlash yo'nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berildi.

O'zbekiston Prezidentning "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorining mazmun-mohiyati alohida urg'ulandi.

Shuningdek, ishtirokchilarga konsullik xizmatlari to'g'risida ma'lumot berildi. Rossiya hududida qonuniy ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish zarurati va tartiblari tushuntirildi.

Muloqot yakunida hamyurtlarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan atroflicha javob oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish