Logo

Rossiyaning Novosibirsk shahrida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi

Iyun 18, 2025. 11:51 • 41 soniya

109
Rossiyaning Novosibirsk shahrida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi

NOVOSIBIRSK, 18-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari mazkur hududdagi "Osiyo-Sibir" ulgurji tarqatish markazida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida mehnat migrantlariga yurtimizda barcha sohalarda kechayotgan yangilanishlar, aholi, xususan yoshlar bandligini ta'minlash bo'yicha hayotga tatbiq etilayotgan muhim dasturlar, xorijda ishlayotgan hamyurtlarimizga munosib sharoitlarni yaratib berish, ularning huquqlarini munosib himoya qilish va boshqalar haqida batafsil so'zlab berildi.

Diplomatlar O'zbekiston Prezidentning "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorining mazmun-mohiyatiga alohida e'tibor qaratdilar.

Shuningdek, ishtirokchilarga konsullik xizmatlari to'g'risida ma'lumot berildi. Rossiya hududida qonuniy ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish zarurati va tartiblari tushuntirildi.

Tadbir yakunda hamyurtlarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan atroflicha javob oldilar.

"Osiyo-Sibir" ulgurji tarqatish markazi rahbariyati bilan bo'lgan muloqot chog'ida ishchilar, haydovchilar va sotuvchilarning xavfsizligini ta'minlash, yashash va mehnat sharoitlarini yana-da yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish