Logo

Toshkent va Moskva mehnat migratsiyasi, shuningdek, O'zbekiston fuqarolarining Rossiyadagi muammolarini hal etish bo'yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda

Fevral 07, 2025. 09:14 • 2 daq

184
Toshkent va Moskva mehnat migratsiyasi, shuningdek, O'zbekiston fuqarolarining Rossiyadagi muammolarini hal etish bo'yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda

MOSKVA, 7-fevral. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 4-5-fevral kunlari O'zbekiston delegatsiyasi Moskva shahriga tashrif buyurib, Sog'likni saqlash, Ichki va Tashqi ishlar, Iqtisodiy rivojlanish, Fan va ta'lim vazirliklari, Mehnat va bandlik federal agentligi (Rostrud) va Moskva shahar hokimligi rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, kun tartibida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik, shuningdek, Rossiyada O'zbekiston fuqarolari duch kelayotgan muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakunida mazkur yo'nalishlarda bo'yicha qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, xorij tomon Rossiyada ishlash niyatida bo'lgan O'zbekiston fuqarolarini tashkiliy ishga qabul qilish va kasbiy tayyorgarlik tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatladi, ruxsatnomalar olish tartibini O'zbekiston hududiga o'tkazish masalasini ishlab chiqishni tezlashtirishga kelishildi.

Shuningdek, joriy yilning 30-apreliga qadar Rossiya Prezidentining farmoniga muvofiq, O'zbekiston fuqarolarining huquqiy maqomini qonuniylashtirish jarayoniga ko'maklashishni davom ettirish, ularning Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini tashkil etish orqali qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Shu nuqtai nazardan, "Rostrud" xorijlik ishchilarni tashkiliy yollash bo'yicha "yagona operator" tizimini yaratish, shuningdek, imtiyozli shart-sharoitlarni, jumladan, ish beruvchi hisobidan patent uchun to'lovni ishlab chiqish masalasi ustida ishlamoqda.

Bundan tashqari, Rossiyadagi mehnat muhojirlari haqidagi yolg'on va noxolis ma'lumotlarning ommaviy axborot vositalarida tarqalishining oldini olish uchun barcha sa'y-harakatlarini amalga oshirish yo'lida amaliy harakatlar olib borilayotganligi qayd etildi.

4-fevral kuni mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasida Rossiyaning bir qator yirik ish beruvchi kompaniyalari ishtirokida forum bo'lib o'tdi. Unda O'zbekistonning 3 mingdan ortiq fuqarosini tashkiliy ravishda ishga olish bo'yicha to'rtta hujjat imzolandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish