O'zbekiston fuqarolarining xorijda bo'lish shartlari doimiy davlat nazorati ostida

Noyabr 30, 2024. 11:22 • 3 daq

279
O'zbekiston fuqarolarining xorijda bo'lish shartlari doimiy davlat nazorati ostida

MOSKVA, 30-noyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakili bilan birgalikda "Shyelkovskiy go'sht kombinati" va "Ozon Community" mas'uliyati cheklangan jamiyatida qonuniy tarzda ishlayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrifdan ko'zlangan maqsad tomonlar o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va yanada rivojlantirish, fuqarolarimizning mehnat sharoitlari, yashash sharoitlarini kuzatish va o'rganishdan iborat bo'ldi.

Diplomatlarning mazkur korxonalarda vaqtinchalik ishlayotgan O'zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Rossiyaning migratsiyaga oid qonunchiligi normalariga rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, yurtdoshlarimiz e'tiboriga O'zbekistonda ushbu sohada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar haqida so'zlab berildi.

"Щyelkovskiy go'sht kombinati" Moskva viloyatidagi jadal rivojlanayotgan korxonalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu Korxonada 100 nafar O'zbekiston fuqarolari ishlaydi. Ular kuniga 3 mahal issiq ovqat, yuqori turmush sharoiti, munosib ish haqi va boshqa imkoniyatlar bilan ta'minlangan.

"Ozon Community" – bu 1998 yilda onlayn-do'kon sifatida tashkil etilgan rus bozori. Rossiyadan tashqari, kompaniya Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Turkiya, O'zbekiston, Gruziya va Ozarbayjonda o'z vakolatxonalariga ega.

Bugungi kunda "Ozon Community" mas'uliyati cheklangan jamiyatida 300 dan ortiq O'zbekiston fuqarosi ish bilan ta'minlangan. Ushbu tashkilot o'z xodimlariga kasbiy o'sish va o'zini o'zi anglash, o'qitish va malaka oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi.Har bir xodim qo'shimcha kurslar va treninglarga ishtirok etish huquqiga ega.

Korxonalar rahbariyati bilan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishildi. Mazkur hamkorlik migratsiya sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, fuqarolarning mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Qayd etish kerakki, mamlakatimiz rasmiy xodimlari tashrif buyurgan kompaniyalar vakillari O'zbekiston fuqarolarining ishga bo'lgan munosabatini alohida ta'kidlash barobarida, mamlakatimizdan malakali mutaxassislarni yana jalb qilish istagini bildirgan.

Aleksey Kuramov, "Ozon Community" kompaniyasi bosh direktori:

– Bizning maqsadimiz MDH mamlakatlari fuqarolari uchun mehnat migratsiyasini samarali tashkil etishdan iborat. Kompaniyaning asosiy yutug'i shundan iboratki, biz ishga joylashish uchun odamlar kelgan davlatning migratsiya siyosatining barcha talablariga rioya qilamiz.

Shu sababli, O'zbekistonda hammasi reja bo'yicha va odatdagidek ketmoqda. Biz o'z tomonimizdan barcha majburiyatlarni to'liq bajaramiz, barcha soliqlarni qonun doirasida to'laymiz, natijada Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan hech qanday savol tug'ilmaydi. O'zbekiston fuqarolarining patenti to'liq to'langan, endi ularda ham chipta bor.

Arsen Badalyan, "Ozon Community" direktori o'rinbosari:

– Biz to'g'ridan-to'g'ri MDH mamlakatlari bilan ishchilarni tashkiliy yollash bo'yicha hamkorlik qilamiz. O'zbekiston Migratsiya agentligi bilan 2022-yil dekabr oyida faol hamkorlik qilmoqdamiz, bu borada o'zbek tomoni bilan shartnoma tuzganmiz.

Birinchi guruh ishchilar 2022-yil dekabr oyida kelgan, ularning ko'pchiligi hozir ham ishlamoqda. Hozirda kompaniyada 300 dan ortiq O'zbekiston fuqarolari mehnat qilmoqda.

O'zbekiston fuqarolarining samaradorligini alohida ta'kidlab o'tmoqchiman, ular juda mehnatkash va berilgan vazifalarni o'z vaqtida ado etadi.

 Abbos Ahmedov, mehnat migranti:

– Mazkur kompaniyada 2024-yil avgust oyidan beri ishlayapman. Avval yolg'iz o'zim kelib, ish sharoitini ko'zdan kechirdim. Shundan so'ng, oilamni ham taklif qildim. Hammasi juda tartibli, ish beruvchi tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan. Vatandan olisda bo'lsakda, davlatimiz e'tiborini va g'amxo'rligi his qilyapmiz.

Javoxir Zokirov, mehnat migranti:

– Shu yilning aprel oyidan buyon turmush o'rtog'im bilan ushbu korxonada ishlayapman. Bizga yaratilgan sharoitlar shunchaki ajoyib. Barqaror ish haqi, qulay uy-joy va issiq ovqat bilan ta'minlanganmiz. Biz kelgusida ham shu yerda ishlamoqchimiz.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish