O'zbekiston diplomatlari Rossiyaning Irkutsk shahridagi vatandoshlar holidan xabar oldilar
Oktabr 02, 2025. 10:40 • 44 soniya
• 66
IRKUTSK, 2-oktyabr. "Dunyo" AA/. O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi diplomatlari 27-28-sentyabr kunlar amaliy safar bilan ushbu mamlakatning Irkutsk shahrida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida Irkutsk shahridagi o'zbek diaspora tashkiloti vakillari, ushbu hududda vaqtincha mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Vatandoshlar O'zbekistonda kechayotgan yangilanishlar, mehnat migrantlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha dasturlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, hamyurtlarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga rasmiylardan batafsil javob oldilar. Uchrashuv davomida Irkutskda moddiy jihatdan og'ir ahvolga qolgan hamyurtlarimiz borligi ma'lum bo'li. Ularning O'zbekistonga qaytishi uchun amaliy yordam ko'rsatildi.
O'zbekiston diplomatlari safar davomida Irkutsk shahrida qurilish sohasida va "Fabrika betonov" korxonasida ishlayotgan vatandoshlar bilan muloqot qildilar.
Suhbat davomida Rossiya Federatsiyasi hududida ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, mehnat faoliyatini qonuniy tarzda olib borish hamda ijtimoiy va moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolgan vatandoshlarimiz uchun davlat tomonidan ko'rsatiladigan yordam turlariga to'xtalib o'tildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi