Rossiyaning Volgograd viloyatidagi O'zbekiston fuqarolarining huquqiy himoyasi ta'minlanmoqda
Iyul 03, 2025. 09:43 • 57 soniya
• 66
VOLGOGRAD, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari amaliy safar bilan Rossiyaning Volgograd viloyatida bo'lishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida Rossiya Ichki ishlar vazirligining Volgograd viloyati bo'yicha Bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Sergey Titov, Ekstremizmga qarshi kurash markazi va Migratsiya masalalari boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
Bo'lib o'tgan muloqotlar davomida mehnat migratsiyasining dolzarb masalalari, O'zbekiston fuqarolarining Rossiyada bo'lishining huquqiy jihatlari, ushbu hududdagi migratsiya holati muhokama qilindi.
Ma'lum qilinishicha, 2025-yilning o'tgan besh oyida Volgograd viloyatiga 28 mingdan ortiq O'zbekiston fuqarosi ishlash maqsadida kelgan. Rossiya tomoni O'zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan ushbu hududdagi O'zbekiston fuqarolariga ko'rsatilayotgan huquqiy yordamni qo'llab-quvvatladi.
Tomonlar, shuningdek, Rossiya Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq ushbu mamlakatda bo'lgan O'zbekiston fuqarolariga patentlarni rasmiylashtirish, ma'muriy va jinoiy ish qo'zg'atilgan yurtdoshlarimiz to'g'risida ma'lumot almashish masalalarini ham ko'rib chiqdilar. Ushbu masalalar bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Muzokaralarda, shuningdek, ta'lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, xususan, O'zbekistonning ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari va Rossiya Ichki ishlar vazirligining Volgograd viloyatidagi akademiyasi o'rtasida akademik almashinuvni yo'lga qo'yish masalalariga ham to'xtalib o'tildi.
O'zbekiston diplomatlari safar davomida Volgograd viloyatidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo'lib, ushbu muassasada vaqtincha saqlab turgan yurtdoshlarimiz holidan xabar oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi