Logo

O'zbekiston diplomatlari Rossiyaning Primorsk o'lkasida ishlayotgan vatandoshlar bilan muloqot qildilar

Avgust 20, 2025. 14:57 • 36 soniya

52
O'zbekiston diplomatlari Rossiyaning Primorsk o'lkasida  ishlayotgan vatandoshlar bilan muloqot qildilar

VLADIVOSTOK, 20-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Primorsk o'lkasidagi "Okean" Butunrossiya bolalar markazida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida fuqarolarimizning yashash va mehnat sharoitlari o'rganildi hamda mehnat faoliyati bilan bog'liq sharoitlarni yana-da yaxshilash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar, xususan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizni ijtimoiy va huquqiy tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha qabul qilinayotgan dasturlar xususida batafsil ma'lumot berildi.

Yig'ilganlarga bo'lib turgan davlat qonun-qoidalariga rioya etish zarurligi ta'kidlanib, migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik talablari to'g'risida so'zlab berildi.

Uchrashuv yakunida, uning ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan batafsil javob olishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish