O'monning nufuzli sayyohlik kompaniyalari vakillari va yetakchi blogerlari uchun O'zbekiston bo'ylab media-tur tashkil etiladi
Iyun 19, 2025. 14:28 • 42 soniya
• 71
MASKAT, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O'mondagi yirik turistik kompaniyalardan biri – "E-Travel & Tours" bosh menejeri Ejaz Kazi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'mon tomoniga mamlakatimizning turizm salohiyati, mazkur sohada yaratilgan infratuzilma, Ko'rfaz arab davlatlari fuqarolari, xususan o'monliklar uchun O'zbekistonga 30 kunlik vizasiz kirish tartibi joriy etilgani hamda yaqin kunlarda Maskat-Toshkent yo'nalishi bo'yicha yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar haqida so'zlab berildi.
"E-Travel & Tours" kompaniyasi bosh menejeri shu yilning iyul oyida Maskat shahrida O'zbekiston elchixonasi va Turizm qo'mitasi bilan hamkorlikda o'tkazilishi rejalashtirilgan sayyohlik taqdimotini yuqori darajada tashkil etishda yaqindan yordam berishga tayyorligini bildirdi.
"Shuningdek, O'monning yirik turkompaniyalari va taniqli blogerlaridan iborat delegatsiyaning O'zbekistonga media-turini tashkil etish rejamiz ham bor", – dedi Ejaz Kazi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi