O'zbekiston turizm salohiyati Polsha poytaxtida bo'lib o'tadigan xalqaro ko'rgazmada taqdim etiladi
Aprel 19, 2025. 12:56 • 47 soniya
• 69
VARSHAVA, 19-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Turizm qo'mitasi vakillari hamda Polshaning "Ptak Warsaw Expo" kompaniyasi prezidenti Tomash Sebula o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muzokaralar chog'ida shu yilning 10-12-oktyabr kunlari Varshava shahrida bo'lib o'tadigan "TT WARSAW 2025" yirik xalqaro sayyohlik ko'rgazmasida O'zbekistonning o'z milliy stendi bilan "Asosiy mehmon davlat" (Country Partner) sifatida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, benazir tabiati va zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini namoyon etish orqali O'zbekiston brendini Yevropada yana-da keng targ'ib qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqdilar.
"TT WARSAW 2025" ko'rgazmasi O'zbekiston uchun Polsha va butun Yevropadan sayyohlar oqimini oshirish va investorlarni jalb etish uchun muhim platforma sifatida baholandi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni izchil davom ettirish, tashkiliy masalalar yuzasidan muntazam muloqotni yo'lga qo'yish va mazkur tashabbusni amaliy natijaga olib chiqish bo'yicha kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi