O'zbekiston va Vengriya turizm sohasidagi hamkorlikni jadallashtirish istiqbollarini muhokama qilmoqda
Mart 30, 2024. 14:08 • 40 soniya
• 127
TOSHKENT, 30-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Sayyohlik agentligining Turizm diplomatiyasi departamenti boshlig'i Marta Fazekash bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbi

Muzokaralar chog'ida Vengriya tomoni ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik, xususan, turizm sohasidagi o'sish sur'atlarini yuqori baholadi.
Marta Fazekash, shuningdek, so'nggi olti-yetti yil davomida turizm sohasida erishilgan yutuqlar o'zgarishlar uchun eng muhim rag'bat bo'lganini ta'kidladi. "Vengriyada O'zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatib boryapmiz. Mamlakatingizga to'rt marta bo'lganman. Har safar borganimda o'zim uchun yangi jihatlarni kashf etaman", dedi u.
Vengriya tomoni turizm sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun shu yilning birinchi yarim yilligida O'zbekiston delegatsiyasini qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Muloqot yakunida O'zbekistonga tashrif buyurishni xohlovchi vengriyalik sayyohlar sonini ko'paytirishga yordam beradigan turizm sohasidagi qo'shma tadbirlarni o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi