"VISION-3000" xalqaro munozara klubida O'zbekiston turizm salohiyati e'tirof etildi
Sentabr 06, 2025. 16:18 • 53 soniya
• 19
MOSKVA, 6-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Moskva Millatlar uyida "VISION-3000" xalqaro munozara klubining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Markaziy Osiyo mamlakatlari diplomatik vakolatxonalari, Rossiya hududlari rahbarlari, Moskva hukumati vakillari, Moskva shahar Dumasi deputatlari, ekspertlar va tadbirkorlar ishtirok etdi.
"Madaniyatlar o'rtasidagi ko'prik: mintaqalararo va xalqaro marshrutlarni rivojlantirish" mavzusidagi strategik yig'ilishda mamlakatimiz elchixonasi maslahatchisi Bahodir Nazarov O'zbekistonning turizm salohiyati haqida taqdimot o'tkazdi.
Taqdimot davomida ishtirokchilarga nafaqat maftunkor tabiat manzaralari va madaniy-tarixiy meros obyektlari, balki xalqaro standartlarga javob beradigan, yaqinda foydalanishga topshirilgan mehmonxona va rekreatsiya majmualarini o'z ichiga olgan zamonaviy turizm infratuzilmasi haqida ma'lumot berildi.
Xorijlik sayyohlar uchun ochilayotgan keng imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan turizm sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalariga alohida urg'u berildi.
Yig'ilish ekspertlari Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida turizm sohasida olib borilayotgan islohotlarni, O'zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o'zgarishlarni yuksak baholadilar.
Xalqaro munozara klubi a'zolari, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentdagi jahon ahamiyatiga molik obyektlarni, shuningdek, noyob gastronomik va hunarmandchilik an'analarini o'z ichiga olgan O'zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini alohida ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi