Logo

Malayziya bilan turizm va madaniyat sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi

Aprel 23, 2025. 10:33 • 42 soniya

62
Malayziya bilan turizm va madaniyat sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi

KUALA-LUMPUR, 23-aprel. /"Dunyo" AA/. Samarqand viloyati hokim o'rinbosari Rustam Qobilov boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyasi Malayziyaga amaliy safari davomida Turizm, san'at va madaniyat vazirligi, Kuala-Lumpur shahri meriyasi, Islom turizmi markazi, "BUMITRA" va "PAPUH" turizm assotsiatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar chog'ida O'zbekiston va Malayziya o'rtasidagi turizm va madaniyat sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Malayziya vakillariga Samarqand viloyatining investitsiyaviy va turizm salohiyati, ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlarni yangi bozorlarga eksport qilish, hududda yangi sayyohlik infratuzilmalarini barpo etish, xorijiy sayyohlar va investorlar oqimini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

Tomonlar Kuala-Lumpur shahri meriyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning O'zbekistonga safarini tashkil etish, Malayziya poytaxtida O'zbekiston madaniyati kunlarini o'tkazish, ushbu mamlakat aholisi o'rtasida Samarqand sayyohlik salohiyatini keng targ'ib qilishga kelishib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish