Misrlik mashhur tur-bloger O'zbekistonning boy tarixiy merosi va sayyohlik salohiyatini targ'ib qilyapti
Iyun 02, 2025. 10:14 • 30 soniya
• 61
QOHIRA, 2-iyun. /"Dunyo" AA/. Misrlik mashhur tur-bloger Karim Abdulhamid ijodiy safar bilan O'zbekistonda bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan safar doirasida u Toshkent, Namangan, Samarqand kabi shaharlarda bo'lib, mamlakatimizning madaniy merosi, tarixiy obidalari, milliy an'analari va xalqimizning samimiy mehmondo'stligi haqida turkum videomateriallar tayyorladi.
Mazkur videolavhalar misrlik blogerning "Instagram", "Facebook", "TikTok" va "YouTube" platformalarida joylashtirildi. E'tiborlisi, yurtimiz sayyohlik salohiyati va tarixiy merosiga doir kontentlarni salkam 9 million kishi ko'rdi.
Karim Abdulhamidning mamlakatimizga tashrifi nafaqat O'zbekistonning turizm salohiyatini keng auditoriyaga tanishtirishga, balki Misr va boshqa arab mamlakatlaridan yurtimizga turistlar oqimini oshirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi