Misrlik taniqli bloger O'zbekiston sayyohlik salohiyatini targ'ib qiladi
Oktabr 03, 2025. 12:31 • 29 soniya
• 28
QOHIRA, 3-oktyabr. "Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida taniqli misrlik tur-bloger Muhammad al-Hadiy bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida O'zbekiston turizm salohiyati, qadimiy shaharlarimiz to'g'risida videomateriallar tayyorlash va ularni arab jamoatchiligi orasida keng targ'ib qilish masalalari xususida fikr almashildi.
O'zbekiston haqidagi turkum videokontenlarni tayyorlash maqsadida Muhammad al-Hadiyning joriy oktyabr oyida mamlakatimizga ijodiy safarini tashkil etishga kelishib olindi.
Muhammad al-Hadiy ijtimoiy tarmoqlarda 100 mingdan ortiq faol kuzatuvchiga ega. Bloger tomonidan tayyorlangan videokontentlarni shu kunga qadar 30 milliondan ortiq kishi ko'rgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi