Norvegiyada "Samarqand – Buyuk ipak yo'lining yuragi: O'zbekiston madaniy merosini kashf qiling" mavzusida taqdimot bo'lib o'tdi
May 03, 2025. 11:52 • 2 daq
• 84
OSLO, 3-may. /"Dunyo" AA/. Norvegiya poytaxti Oslo shahrida "Samarqand – Buyuk ipak yo'lining yuragi: O'zbekiston madaniy merosini kashf qiling" mavzusida taqdimot tadbiri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Unda Norvegiya keng jamoatchiligi, ishbilarmon doira vakillari, jurnalist va blogerlar hamda Oslodagi diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
Tadbir Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti va mamlakatimizning Shvetsiyadagi elchixonasi tomonidan joriy yilda Samarqandda bo'lib o'tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining navbatdagi sessiyasiga ko'rilayotgan ishlari doirasida tashkil etildi.
Yig'ilganlar e'tiboriga O'zbekistonning turistik va gastronomik salohiyati haqidagi muhim ma'lumotlar taqdim etildi. Ko'p asrlar davomida Buyuk ipak yo'lining markazi bo'lgan Samarqand va boshqa tarixiy shaharlarimizning bugungi zamonaviy qiyofasi, jumladan go'zal va maftunkor turistik manzillar to'g'risida ta'kidlandi.
O'zbek san'at ustalari ishtirokidagi konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.
"Juda ajoyib tadbir bo'ldi, mazali taomlardan bahramand bo'ldik, o'zbek san'at ustalarining chiqishlari esa juda hayratlanarli. Men O'zbekistonga borishni intizorlik bilan kutyapman", dedi "Geopolitika.no" jurnali bosh muharriri Xenrik Verenskiold.
"Bugungi bo'lib o'tgan tadbir O'zbekiston va Norvegiya o'rtasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirishda katta rol o'ynaydi. Bu kabi madaniy kechalar Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarimizni yevropada keng tanitish imkoniyatini yaratadi. O'zbekistonning turli hududlari madaniyatini tarannum etuvchi musiqiy chiqishlardan mehmonlar va biz vatandoshlar juda mamnun bo'ldik", - dedi Norvegiya energiya texnologiyalari katta tadqiqotchisi Smagul Karajanov.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi