Osaka shahrida o'tayotgan "EKSPO-2025" ko'rgazmasi maydonida O'zbekiston san'at ustalari ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tdi
May 03, 2025. 14:01 • 38 soniya
• 95
OSAKA, 3-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Osaka shahrida bo'lib o'tayotgan "EKSPO-2025" Butunjahon ko'rgazmasi maydonida qurilgan O'zbekiston milliy pavilyonida konsert dasturi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Konsert dasturida yurtimizdan kelgan taniqli san'atkorlar va O'zbekistonning Yaponiyadagi madaniyat elchisi Mashu Komazaki o'z dasturlarini taqdim etishdi. O'zbek milliy cholg'u asboblari tanbur, doira va dutorda ijro etilgan maqom va laparlar, shuningdek, betakror o'zbek milliy raqslari yig'ilganlarning yuksak e'tirofiga sazovor bo'ldi.
O'zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, "EKSPO-2025" ko'rgazmasida 170 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etayapti va ko'rgazma yakuniga qadar unga 28 milliondan ortiq kishi kelishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston "EKSPO-2025" Butunjahon ko'rgazmasida "Bilimlar bog'i" mavzusidagi milliy pavilyon bilan qatnashyapti.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi