Logo

O'zbekiston sayyohlik salohiyati Rossiyaning Novosibirsk shahrida o'tkazilgan xalqaro konferensiyada taqdim etildi

Sentabr 03, 2025. 04:44 • 38 soniya

66
O'zbekiston sayyohlik salohiyati Rossiyaning Novosibirsk shahrida o'tkazilgan xalqaro konferensiyada taqdim etildi

NOVOSIBIRSK, 3-sentabr. /"DunyoAA/. Yurtimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari va O'zbekiston Turizm qo'mitasi huzuridagi "Milliy PR markazi" vakillari sayyolik sohasiga bag'ishlangan "TrEvolyutsiya 2025" xalqaro konferensiyasida ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Anjumanda Rossiyaning barcha hududlaridan kelgan turoperatorlar va turizm sohasini yoritishga ixtisoslashgan blogerlar qatnashdi.

Tadbir doirasida bo'lib o'tgan "B2B" shaklidagi uchrashuvda O'zbekiston tomoni Rossiya vakillari bilan samarali muzokaralar o'tkazdi.  

Rossiyaning yetakchi turoperatorlar ekologik, etno, cho'l, gastronomik, "dark-sky" va mototurizm kabi O'zbekistonning turistik yo'nalishlariga rus sayyohlari o'rtasida bo'lgan yuqori talabni alohida ta'kidladilar.

Yurtimiz turoperatorlari Rossiya tomoniga O'zbekiston turizm sanoatining ulkan imkoniyatlari haqida so'zlab berish barobarida, ularni taklif etilayotgan mutlaqo yangi turistik marshrutlar bilan ham tanishtirdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish