Logo

O'zbekiston va Qozog'iston sayyohlik tashkilotlari vakillari sohadagi muammolar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

Iyun 23, 2025. 12:01 • 50 soniya

66
O'zbekiston va Qozog'iston sayyohlik tashkilotlari vakillari sohadagi muammolar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

ATIRAU, 23-iyun. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning Atirau shahrida O'zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yurtimizning Oqtov shahridagi Bosh konsulxona tashabbusi bilan O'zbekiston elchixonasi ko'magida tashkil etilgan tadbirda yirik turistik korxonalar, "Flay Aristan" avikompaniyasi va mahalliy tadbirkorlar qatnashdi. Shuningdek, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi sanator-kurortlar bosh boshqarmasi rahbariyati, sanatoriyalar vakillari, O'zbekiston tibbiyot turizm uyushmasi, turistik korxonalar, "Dipservis xizmati" va Qozog'iston "Xalq banki" va uning Toshkentdagi "Tenge banki" rahbariyati onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari, O'zbekiston turistik salohiyati, madaniy-tarixiy merosi, yangi tur yo'nalishlar va xizmatlar bilan tanishdilar.

Anjuman davomida ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari muhokama qilindi. 

Qozog'iston fuqarolarini O'zbekistonning tibbiyot turizmi imkoniyatlaridan keng foydalanishga jalb qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

"Flay Aristan" aviakompaniya vakillari o'z chiqishlarida, joriy yilning 15-iyul sanasidan boshlab "Atirau-Toshkent" yo'nalishi bo'yicha haftasiga uch marta aviareyslar yo'lga qo'yilishini ma'lum qildilar. Bu o'z navbatida, Qozog'istondan O'zbekistonga turistlar va ishbilarmon doiralar vakillarining oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish