Logo

Mashhur yapon aktyorlari O‘zbekiston turizm infratuzilmasi bilan tanishdi

Fevral 15, 2026. 13:06 • 2 daq

196
Mashhur yapon aktyorlari O‘zbekiston turizm infratuzilmasi bilan tanishdi

TOKIO, 17-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi va Turizm qo‘mitasi tomonidan mashhur yapon aktyori va teleboshlovchisi, O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi Keysuke Minami hamda aktyor Tayiki Yamazakining mamlakatimizga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida yaponiyalik aktyorlar Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib, hududlarning boy tarixiy-madaniy merosi, diqqatga sazovor joylari va zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.

Ijodiy jamoa tomonidan mamlakatimizning turizm salohiyati, xorijlik sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlarga bag‘ishlangan materiallar tayyorlandi.

Tashrif bo‘yicha Yaponiyaning “Shufu to Seikatsu Sha Co., Ltd.” nashriyoti Taiki Yamazakining suratli kitobini nashrdan chiqardi. Ushbu kitob aktyorlarning O‘zbekistonga tashrifiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ularning mamlakatimizdagi taassurotlari, madaniy va turistik joylarni ziyorat qilgan lahzalari aks ettirilgan.

Mashhur “Junon” jurnalida ham yaponiyalik mehmonlarning tashrifi haqida ikki sahifalik maqola eʼlon qilindi.

Materialda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda sayyohlar uchun yaratilgan qulayliklar, ichki transport infratuzilmasining yaxshilangani, zamonaviy mehmonxonalar, restoran va istirohat bog‘lari barpo etilgani haqida so‘z boradi. Qolaversa, mamlakatimizning tarixiy obidalari, o‘zbek xalqining milliy taomlari, anʼanalari va mehmondo‘stligi yapon aktyorlarida juda iliq taassurot qoldirgani qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish