Toshkent 2026-yilda Osiyoning sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillari ro'yxatiga kiritildi
Noyabr 06, 2025. 15:48 • 49 soniya
• 153
TOSHKENT, 6-noyabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent "Condé Nast Traveler" xalqaro sayyohlik jurnali tomonidan "2026-yilda Osiyoda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar" ro'yxatiga kiritildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashr tomonidan e'lon qilingan maqolada aytilishicha, Toshkent shahri o'zining tarix va zamonaviylikni uyg'unlashtirgani bilan sayyohlarni o'ziga jalb qilgan. Bu yerda qadimiy madrasalar va bozorlar zamonaviy inshootlar bilan yonma-yon joylashgani uchun ham sayohatchilarda katta taassurot qoldirgan.
Jurnalda Toshkent Markaziy Osiyoning madaniy turizm markaziga aylanib borayotgani alohida ta'kidlangan. Yangi Islom sivilizatsiyasi markazi majmuasi va Zamonaviy san'at markazi galereyasining ochilishi shaharga ham tarixiy, ham zamonaviy ko'rk bag'ishlamoqda. Sayyohlar tarixiy yodgorliklarga ekskursiya uyushtirish orqali zamonaviy ko'rgazma va tadbirlarda qatnashish imkoniga ega bo'ladi.
Toshkent sayyohlarni O'zbekistonning go'zal maskanlariga yo'naltiruvchi boshlang'ich nuqta va mustaqil sayyohlik yo'nalishi sifatida jalb qilmoqda. Shahar boy madaniy dastur va Markaziy Osiyo poytaxtining o'ziga xos muhitini taqdim etib, yangi taassurotlar va noodatiy sayohatlarni izlaydiganlar uchun munosib manzilga aylanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi