O'zbekiston hududlarining sayyohlik salohiyati Janubiy Koreyadagi eng yirik xalqaro turizm yarmarkasida namoyish etilmoqda
Iyun 07, 2025. 08:00 • 2 daq
• 55
SEUL, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 5-8-iyun kunlari Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida turizm sohasida dunyodagi eng yirik xalqaro ko'rgazma va yarmarkalardan biri – "Seoul International Travel Fair" bo'lib o'tayapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazmada mamlakatimiz elchixonasi, Turizm qo'mitasi, "Milliy RR-markazi" DUK, "Uzbekistan Airways" hamda turoperator va mehmonxona biznesi vakillari ko'magida O'zbekiston milliy stendi tashkil etildi.
Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vazirligi, Milliy turizm tashkiloti, "Visit Korea" va Janubiy Koreya turagentliklari uyushmasi ko'magida tashkil etilayotgan ko'rgazmada 70 dan ortiq mamlakatdan kelgan 120 mingdan ziyod mehmonlarni qamrab oladi. 800 ga yaqin turli xil kompaniyalar, tur operatorlari, aviakompaniyalar, milliy va mintaqaviy turizm kengashlari, shuningdek yirik mehmonxonalar va sog'lomlashtirish maskanlari ishtirok etmoqda.
Tadbir ishtirokchilari va mehmonlari Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri vakillari tomonidan tashkil etilgan rang-barang va mazmunli stendlar orqali yurtimizning boy sayyohlik salohiyati, betakror tarixiy obidalari, dam olish maskanlari, milliy taomlari, hunarmandchilik namunalari hamda jadal rivojlanayotgan zamonaviy turistik infratuzilmasi bilan yaqindan tanishmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimiz turizm sohasi vakillari xorijiy hamkorlar bilan O'zbekistonning turizm salohiyatini xorijda targ'ib qilish va yurtimizga sayyohlar oqimini ko'paytirishga qaratilgan turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida qator uchrashuvlar o'tkazmoqda.
Mazkur ko'rgazma orqali mehmonlar nafaqat har bir hududning o'ziga xos madaniy merosi va turizm imkoniyatlari haqida to'liq tasavvurga ega bo'lmoqda, balki yurtimizga bo'lgan qiziqish va havaslari yanada ortayapti.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi