Ulan-Bator shahri ko'chalarida O'zbekistonning turizm salohiyati keng targ'ib qilinmoqda
Iyun 25, 2025. 14:17 • 41 soniya
• 78
ULAN-BATOR, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz yetakchisining Mo'g'ulistonga davlat tashrifi doirasida O'zbekiston Turizm qo'mitasi tomonidan Ulan-Bator shahrida yurtimizning turizm imijini yuksaltirishga qaratilgan loyihani amalga oshirilmoqda, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Ulan-Batorning markaziy ko'chalardagi eng yirik LED-ekranlarida O'zbekistonning boy tarixiy, madaniy va tabiiy merosi haqida videolavhalar namoyishi yo'lga qo'yildi. Videolavhalarda O'zbekistonning qadimiy shaharlari, go'zal tabiat manzaralari, Ipak yo'li bo'ylab o'ziga xos yo'nalishlar va zamonaviy sayyohlik obyektlar aks etgan.
Mazkur aksiyadan ko'zlangan maqsad Mo'g'uliston jamoatchiligini O'zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari bilan kengroq tanishtirish, sayohatga bo'lgan qiziqishni oshirish va ikki davlat o'rtasidagi turizm aloqalarini mustahkamlashdan iborat.
LED ekranlardagi targ'ibot O'zbekistonning tashqi turizm bozoridagi ishtirokini kengaytirish, jumladan zamonaviy media formatlaridan foydalanish va ustuvor davlatlar bilan maqsadli ish olib borish bo'yicha umumiy strategiyasining bir qismiga aylandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi