Logo

O‘zbekiston turizm salohiyati Moskva xalqaro aeroportida namoyish etilmoqda

Fevral 02, 2026. 11:53 • 2 daq

434
O‘zbekiston turizm salohiyati Moskva xalqaro aeroportida namoyish etilmoqda

MOSKVA, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Moskvadagi “Domodedovo” xalqaro aeroportining ro‘yxatdan o‘tish va parvozlarni kutish zallarida o‘rnatilgan monitorlarda mamlakatimizning sayyohlik va madaniy salohiyati namoyish qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Videoroliklardagi O‘zbekistonning boy madaniy merosi, betakror arxitekturasi va qadriyatlari butun dunyodan kelgan millionlab sayohatchilar va Rossiya aholisida katta qiziqish uyg‘otdi.

Yorqin reklama kampaniyalari tufayli O‘zbekiston mamlakatning boy madaniy merosi va qadimiy tarixi bilan qiziqqan rossiyalik sayyohlar orasida eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlari TOP-10 taligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyadan sayyohlar oqimi 15 foizga o‘sib, 984,4 ming tashrifga yetdi. Bu yurtimizdagi diqqatga sazovor joylar va turizm sohasidagi imkoniyalarga qiziqish ortib borayotganidan dalolat.

Rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonga tashrif buyurish bo‘yicha anʼanaviy ravishda qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan mehmonlardan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.

“Domodedovo” xalqaro aeroporti Moskva shahrining yirik va asosiy aeroportlaridan biri bo‘lib, yo‘lovchilar oqimi yiliga 14 milliondan ortiq kishini tashkil etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish