Logo

Moskva xalqaro aeroportlaridagi ekranlarda O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan videolavhalar namoyish etilmoqda

Iyul 01, 2025. 09:05 • 42 soniya

93
Moskva xalqaro aeroportlaridagi ekranlarda O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan videolavhalar namoyish etilmoqda

MOSKVA, 1-iyul. /"Dunyo" AA/. Moskva shahridagi Domodedovo xalqaro aeroporti hududida joylashgan 120 ta ekranda O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlagan videolavhalar namoyishi yo'lga qo'yildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan mazkur loyiha 30 iyundan 5 iyulga qadar davom etadi.

Yurtimiz turizm salohiyati namoyish etilayotgan ekranlar Domodedovo xalqaro aeroportining yo'lovchilar ro'yxatdan o'tish joylari va jo'nab ketish zallarida o'rnatilgan.

Kuniga 24 soat namoyish etilayotgan videolavhalar butun dunyo bo'ylab millionlab sayohatchilarni va Rossiya aholisini O'zbekistonning boy madaniy merosi, uning noyob me'morchiligi va mamlakatimizni sayyohlar uchun ayniqsa jozibador qiladigan elementlari bilan yaqindan tanishtiryapti.

Amalga oshirilgan keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot kompaniyasi tufayli bugungi kunda O'zbekiston rossiyaliklar orasida TOP-10 ustuvor sayyohlik yo'nalishlari qatoridan joy oldi.

Eslatib o'tamiz, Domodedovo xalqaro aeroporti Moskvadagi eng yirik va asosiy aeroportlardan biri bo'lib, yillik yo'lovchilar oqimi 15 milliondan ortiq kishini tashkil etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish