Logo

O'zbekiston sayyohlik salohiyati Budapesht shahrida keng targ'ib qilinmoqda

Sentabr 03, 2025. 08:57 • 24 soniya

58
O'zbekiston sayyohlik salohiyati Budapesht shahrida keng targ'ib qilinmoqda

BUDAPESHT, 3-sentabr. /"DunyoAA/. Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan Budapesht xalqaro aeroportiga olib boruvchi markaziy yo'lda O'zbekistonning turistik salohiyatiga bag'ishlangan bannerlar o'rnatildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur aksiya O'zbekistonni Markaziy Osiyoning istiqbolli turistik yo'nalishlaridan biri sifatida targ'ib qilishga qaratilgan tadbirlar doirasida amalga oshirildi.

Turizm sohasi mutaxassislarining ta'kidlashicha, bunday loyihalar xalqaro maydonda O'zbekiston brendini yanada tanitish, mamlakatning madaniy merosi va zamonaviy turistik imkoniyatlarini keng targ'ib qilishda hissa qo'shadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish