Logo

Ingushetiya Respublikasining yetakchi telekanalining "Men xorijlikman" dasturining navbatdagi soni Samarqandga bag'ishlanadi

Iyul 05, 2025. 10:44 • 50 soniya

72
Ingushetiya Respublikasining yetakchi telekanalining "Men xorijlikman" dasturining navbatdagi soni Samarqandga bag'ishlanadi

MAGAS, 5-iyul. /"Dunyo" AA/. Ingushetiya Respublikasining "Magas" milliy telekanalining ommabop "Men xorijlikman" ("Ya – inostranes") teledasturining navbatdagi sonini O'zbekistonda suratga olindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi ko'magida Ingushetiya Respublikasining "Magas" milliy telekanali ijodiy guruhining yurtimizga ijodiy safari tashkil etildi.

Ijodiy guruh safar davomida "Men xorijlikman" dasturining navbati sonini qadimiy va hamisha navqiron shahar Samarqandda suratga oldi. Mazkur ko'rsatuv shu yil 8-iyul kuni "Magas" telekanalida efirga uzatishi rejalashtirilgan.

Dasturda loyiha boshlovchisi O'zbekiston, xususan Samarqandning noyob madaniyati, hayratlanarli me'morchiligi va ko'p asrlik tarixi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashadi. Tomoshabinlar e'tiboriga, shuningdek, o'zbek xalqining mehmondo'stligi, sayyohlarga bo'lgan iliq munosabati va har qanday ta'bi nozik turistlarni o'ziga rom eta oladigan O'zbekiston oshxonasining asosiy taomlari haqidagi muhim ma'lumotlar taqdim etiladi.

"Men xorijlikman" teledasturi Ingushetiyada juda mashhur bo'lib, O'zbekiston haqida tayyorlangan maxsus son ham shov-shuvlarga sabab bo'lishi kutilmoqda.

Sharqning afsonaviy muhitiga bilan tanishish va yangi sarguzashtlardan ilhom olish imkoniyatini o'tkazib yubormang. Mazkur dasturni 8 iyul, seshanba kuni "Magas" telekanalining "magas.tv" onlayn platformasi orqali tomosha qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish