Logo

O'zbekiston va Ozarbayjon tomonidan amalga oshirilayotgan "Ipak yo'lining diqqatga sazovor joylari" qo'shma loyihasi Chexiyada taqdim etildi

Oktabr 26, 2025. 15:52 • 2 daq

84
O'zbekiston va Ozarbayjon tomonidan amalga oshirilayotgan "Ipak yo'lining diqqatga sazovor joylari" qo'shma loyihasi Chexiyada taqdim etildi

PRAGA, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Chexiya poytaxtida O'zbekiston va Ozarbayjon tomonidan amalga oshirilayotgan "Ipak yo'lining diqqatga sazovor joylari" loyihasi doirasida qo'shma "Road show" o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur Loyiha Frankfurt, Vena, Syurix, Budapesht, Praga va Barselona kabi oltita Yevropa shaharlarini qamrab oladi hamda Ozarbayjon Turizm byurosi va O'zbekiston Turizm qo'mitasi huzuridagi Milliy PR markazi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Maqsad ikki mamlakatning madaniy, tarixiy va turistik salohiyatini namoyish etish, shuningdek, turoperatorlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda Buyuk ipak yo'li mamlakatlari bo'ylab qo'shma marshrutlarni rivojlantirishdan iborat.

Tadbirda turizm qo'mitalari, PR -markazlar va mehmonxona tarmoqlari vakillari, Chexiya turoperatorlari va turistik kompaniyalari, shuningdek, Chexiya Turistik agentliklari assotsiatsiyasi rahbarlari ishtirok etdi.

Anjuman doirasida O'zbekiston va Ozarbayjonning turistik imkoniyatlari taqdimoti bo'lib o'tdi. O'zbekiston tomoni taqdimotida YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga, shuningdek, ekologik, gastronomik, tog'-chang'i, MISE va madaniy turizmni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.

Rasmiy qismdan so'ng "B2B" shaklidagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Unda uch mamlakat turoperatorlari to'g'ridan-to'g'ri muzokara olib bordi va hamkorlik masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishdilar.

Ishtirokchilar ta'kidiga ko'ra, O'zbekiston bugungi kunda boy tarixni jadal rivojlanayotgan infratuzilma bilan birlashtirgan zamonaviy, xavfsiz va mehmondo'st yo'nalish sifatida qabul qilinmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish