Tokio shahri ko'chalarida O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan videoroliklar namoyish etilmoqda
Oktabr 10, 2024. 18:25 • 58 soniya
• 357
TOKIO, 10-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi aholi bilan gavjum Shibuya chorrahasidagi yirik ekranda mamlakatimizning turizm salohiyatiga bag'ishlangan videoroliklar namoyishi yo'lga qo'yildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tokio shahri markazida joylashgan Shibuya chorrahasi dunyoning eng gavjum piyodalar o'tish joylaridan biri hisoblanadi. Undan bir vaqtning o'zida 3000 dan ortiq kishi o'tib-qaytadi. Dam olish kunlari esa ushbu chorrahadan 2,5 millionga yaqin inson foydalanadi. Chorraha yonida Yaponiyaning eng yirik "Shibuya" stansiyasi va avtobus terminali joylashgan bo'lib, ulardan bir kunda 5 millionga yaqin kishi foydalanadi.
Namoyish etilayotgan videoroliklar "O'zbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi" mavzusida tayyorlangan bo'lib, ularda Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy obidalari va turizm salohiyati haqidagi ma'lumotlar taqdim etilyapti.
O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan 15 soniyalik videoroliklar tonggi soat 07.00 dan tungi soat 24.00 ga qadar namoyish etilyapti.
Shu bilan birga, videoroliklar namoyishi davomida Xorazm viloyatidan kelgan san'at ustalari ishtirokida Shibuya chorrahasida mamlakatimizning turizm salohiyatini targ'ib qilishga bag'ishlangan fleshmob o'tkazildi.
Fleshmob davomida o'zbek milliy qo'shiq va raqslari ijro etildi, yo'lovchilarga yapon tilida tayyorlangan O'zbekiston sayyohlik salohiyati to'g'risidagi qo'llanmalar tarqatildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi