Rossiyadan O'zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimi yanada oshadi
Iyun 30, 2025. 07:22 • 2 daq
• 106
SANKT-PETERBURG, 30-iyun. /"Dunyo" AA/. Yurtimiz Bosh konsulxonasi "Uzbekistan Airways" AJ vakolatxonasi va uning rasmiy agenti "AeroTur" MCHJ bilan birgalikda O'zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish bo'yicha tadbir tashkil etdi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Unda sayyohlik agentliklari, aviakassalar va turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
"AeroTur" kompaniyasi bosh direktori Nadejda Koshnenkova mehmonlarni qutlar ekan, rossiyalik sayyohlarning O'zbekistonga qiziqishi tobora ortib borayotganini ta'kidladi. Shuningdek, u O'zbekistonda infratuzilma barqaror rivojlanayotgani va turizmni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarga e'tibor qaratib, sayyohlik oqimini qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishda birgalikdagi sa'y-harakatlar muhimligini qayd etdi.
Yurtimiz bosh konsuli o'z chiqishida, mamlakatlarimiz o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta'kidlash barobarida, O'zbekiston Rossiyadan sayyohlar oqimini ko'paytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Sankt-Peterburgdan O'zbekistonning sakkiz shahriga muntazam qatnovlar yo'lga qo'yilgan. Parvozlarni O'zbekistonning – "Uzbekistan Airways, "Qanot Sharq", "Tashkent Air" va "Centrum Air" hamda Rossiyaning "Utair" aviakompaniyalari amalga oshirmoqda.
"Uzbekistan Airways" Milliy aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdagi vakillari ishtirokchilarni milliy aviakompaniyaning xizmat ko'rsatishning yuqori standartlariga baho berish va O'zbekistonda sayyohlar manfaatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan qulay yo'nalishlar tarmog'idan foydalanishga taklif qildi. "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi qulaylik darajasi va xizmat ko'rsatish sifatini oshirish bo'yicha faol ish olib borayotgani, bu esa Markaziy Osiyoga tashrif buyurishni xohlovchi rossiyalik sayyohlar uchun ustuvor tanlovga aylanayotgani urg'ulandi.
Tadbir so'ngida "AeroTur" "Uzbekistan Airways" aviachiptalarini sotish bo'yicha V2V segmenti uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etdi, shuningdek, sayyohlik agentliklari uchun O'zbekistonning mashhur shaharlari bo'ylab info-tur tashkil etilishi haqida e'lon qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi