Buyuk Britaniya poytaxtida o'tgan festivalda o'zbek milliy taomlarini tayyorlash bo'yicha master-klass o'tkazildi
Sentabr 13, 2025. 07:39 • 42 soniya
• 138
LONDON, 13-sentabr. /"Dunyo" AA/. London shahrida o'tayotgan "World Halal Food Festival" doirasida o'zbek milliy taomlarini tayyorlash bo'yicha master-klass tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Master-klass mamlakatimiz elchixonasi, O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi Sofi Ibbotson va "Oshpaz" — o'zbek milliy taomlari brendi bilan hamkorlikda uyushtirildi.
Festival ishtirokchilari va mehmonlariga o'zbek oshxonasining asosiy taomlari – palov, somsa, manti hamda turli xil shirinliklar taqdim etildi.
Tadbir davomida mehmonlar nafaqat taomlardan tatib ko'rish, balki ularni tayyorlanish jarayonida ishtirok etdilar. Master-klass o'zbek xalqiga xos mehmondo'stlik va yuksak kulinar an'analarni yorqin tarzda namoyish etish imkonini berdi.
Festival mehmonlari o'zbek oshxonasiga katta qiziqish bildirib, o'zbek milliy taomlariga yuqori baho berdilar. Tadbir O'zbekistonning boy madaniy merosi va gastronomik turizmini targ'ib etishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi