Logo

Joriy yilning dastlabki besh oyida O'zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko'p Qirg'izistonga borgan

Iyul 17, 2025. 20:14 • 27 soniya

94
Joriy yilning dastlabki besh oyida O'zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko'p Qirg'izistonga borgan

TOSHKENT, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. 2025-yilning yanvar-may oylarida O'zbekistondan 2 million 700 ming nafar kishi turizm maqsadida xorijiy davlatlarga borgan, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, ularning soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 574,1 ming kishiga yoki 26,4 foizga ko'p.

Ushbu davrda O'zbekiston fuqarolari eng ko'p Qirg'iziston (1 million 189 ming 793 kishi), Tojikiston (501 ming 657 kishi) va Qozog'istonga (468 ming 208 kishi) sayohat maqsadida borgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish