O'zbekiston elchisi Polsha muftiysi, Musulmonlar uyushmasi raisi bilan uchrashdi
Iyun 27, 2024. 17:25 • 2 daq
• 120
VARSHAVA, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid A'zamxodjayev Polsha Musulmonlari uyushmasi raisi, muftiy Tomash Mishkevich bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekistonda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil so'zlab berildi. Barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish ko'p millatli O'zbekistondagi yangilanishlarning asosiy ustuvor yo'nalishi ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, O'zbekistonda fuqarolarning ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani urg'ulandi.
Bundan tashqari, keyingi yillarda O'zbekistonda diniy-ma'rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash bo'yicha kompleks tizim yaratilgani qayd etildi. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy merosini o'rganish va keng ommalashtirish, keyingi avlodga yetkazish maqsadida hayotga tadbiq etilayotgan dasturlar, tashkil etilayotgan ilmiy tadqiqot markazlari faoliyati qayd etildi. O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari faoliyati va boshqalar haqida ham aytib o'tildi.
Polsha Musulmonlari uyushmasi raisi, muftiy Tomash Mishkevich O'zbekistonda mazkur yo'nalishdagi o'zgarishlarni yuqori baholadi. Shuningdek, u O'zbekistondagi diniy-ma'rifiy sohadagi islohotlar xalqaro maydonda ham e'tirof etilayotgani alohida qayd etdi.
Uchrashuv yakunida joriy yil davomida Tomash Mishkevichning O'zbekistonga, mamlakatimiz ulamolarining esa Polshaga amaliy safarini tashkil etish, Polshada yurtimiz "ziyorat turizmi" imkoniyatlarini keng targ'ib qilishga qaratilgan targ'ibot tadbirlarini birgalikda uyushtirish va boshqalar to'g'risida kelishib olindi.
Tomash Mishkevich 1977-yilda Belostok shahrida tug'ilgan. 1993-yildan 2000-yilgacha Madina islom universitetida tahsil olgan. 2000-yilda Belostok Musulmonlari uyushmasining imom-xatibi etib tayinlangan, keyin esa Polsha Musulmonlari uyushmasi Imomlar kengashi raisi lavozimiga saylangan. 2004-yilda u Polsha muftiysi va Musulmonlari uyushmasi Oliy kengashi raisi bo'ldi.
Polsha Musulmonlari uyushmasi Polsha va Litva tatarlarining birlashmasi hisoblanadi. Ularning ota-bobolari bundan 600 yil avval hozirgi Polsha hududiga ko'chib kelgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi