O'zbekistonda ta'lim, ilm-fan sohasida kechayotgan islohotlar va jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar AQShda e'tirof etildi
Mart 11, 2025. 09:27 • 2 daq
• 91
VASHINGTON, 11-mart. /"Dunyo" AA/. "El-yurt umidi" jamg'armasi vakillarining AQShga safari doirasida mamlakatimiz elchixonasida O'zbekistonda ta'lim, ilm-fan va ilmiy tadqiqotlar sohasi kechayotgan islohotlarga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda AQShda tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari, Jamg'arma direktori o'rinbosari Jahongir Ahmedov, shuningdek, Amerika Qo'shma Shtatlarining nufuzli oliy ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda o'zaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, talabalar almashinuvi dasturlarini kengaytirish hamda O'zbekiston-AQSh o'rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilindi.
O'zbekiston va AQSh o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Sirakuz universiteti va "El-yurt umidi" jamg'armasi o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Bundan tashqari, elchixonada "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari uchun qabul marosimi tashkil etildi. Tadbirda stipendiantlar AQSHdagi o'quv jarayonlari, ilmiy faoliyat va yurtimiz bilan bog'liq loyihalari haqida to'xtaldilar.
Qabul davomida O'zbekiston elchixonasi vakillari va jamg'arma rahbariyati AQShda tahsil olayotgan yoshlarning yuksak natijalarga erishishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta'kidladilar. Shuningdek, ular mamlakatimiz rivoji uchun o'z bilimlarini safarbar etishga chaqirildilar.
Tadbir doirasida O'zbekiston va AQSh o'rtasida madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash hamda milliy merosimizni keng targ'ib qilish maqsadida o'zbek madaniyati kechasi tashkil etildi.
Kecha AQSh universitetlari vakillarida katta taassurot qoldirdi. Bu kabi tashabbuslar ikki davlat o'rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirishda muhim o'rin tutishini qayd etdi.
AQSHning nufuzli Jorj Vashington universiteti Xalqaro munosabatlar maktabida Markaziy Osiyo mamlakatlarining boy madaniy merosi va 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Ayollar jamiyatda: an'ana va zamonaviylik" mavzusida madaniy-ilmiy ko'rgazma tashkil etildi.
Ushbu ko'rgazmada O'zbekiston elchixonasi o'zining noyob kolleksiyalari bilan ishtirok etdi. Unda o'zbek milliy kiyimlari, xalq cholg'u asboblari, hunarmandchilik buyumlari va amaliy san'at namunalari namoyish etildi. Mehmonlar O'zbekistonning madaniy rivojlanishi, amaliy san'ati va ayollarning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini aks ettiruvchi eksponatlar bilan yaqindan tanish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Ta'kidlash joizki, so'nggi yillarda AQSh universitetlari va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik kuchayib, o'zbekistonlik yoshlar xalqaro akademik dasturlarda faol ishtirok etmoqda. Jorj Vashington universitetida o'tkazilgan bu kabi tadbirlar nafaqat O'zbekiston madaniy merosini tanitish, balki ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi